30.07.2025

Yil sinergiyasi: China Changan Automobile Group

Faxr bilan xabar qilamizki, Xitoyning avtomobil sanoatidagi muhim strategik qadamlardan biri amalga oshirildi — China Changan Automobile Group Co., Ltd. (keyingi o‘rinlarda — China Changan Automobile Group) tashkil etildi. Ushbu yangi sanoat xoldingi o‘z tarkibida uchta asosiy tuzilmani birlashtirdi: Changan Automobile, Chenzhi Group va Changan Auto Finance. Mazkur integratsiya Xitoy avtomobil sanoatida yangi bir davrning boshlanishi sifatida tarixga kiradi.

China Changan Automobile Group — ishlab chiqarish, muhandislik va moliyaviy salohiyatning puxta o‘ylangan uyg‘unligidan hosil bo‘lgan natijadir. 163 yillik muhandislik merosi va 68 yillik avtomobilsozlik tajribasiga tayangan holda, kompaniya Changan brendining an’analarini davom ettiribgina qolmay, balki ularni yangicha bosqichga olib chiqadi. Bu jarayonda kompaniya innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va ilg‘or mobil yechimlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Yangi xolding o‘z oldiga bir qator katta maqsadlarni qo‘ygan: Xitoyning jahon avtomobil bozoridagi mavqeini mustahkamlash, “aqlli” transport yechimlarini joriy etish, elektromobillar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ularning qoniqish darajasini yuqori pog‘onaga olib chiqish.

China Changan Automobile Group — bu shunchaki kompaniyalar birlashmasi emas. Bu — qadriyatlar, tajriba va texnologiyalarning kelajakni yaratish yo‘lida birlashuvidir. Kelajak esa — aqlli, qulay va ekologik jihatdan mas’uliyatli mobil hayotdir.