13.10.2026
Kelajak sari yangi qadam: CHANGAN Paris Motor Show 2026 ko‘rgazmasida
O‘zbekistonlik besh nafar bloger Changan Uzbekistan bilan birga Paris Motor Show 2026 xalqaro avtosaloniga yo‘l oldi. Ularning maqsadi yangi modellar bilan yaqindan tanishish, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish va avtomobil texnologiyalari qanday rivojlanayotganini kuzatuvchilariga ko‘rsatishdir. 11–15-oktabr kunlariga mo‘ljallangan safar dasturidan taqdimotlar, test-drayvlar va Parijdan reportajlar o‘rin olgan.
Xalqaro avtosalon 12–18-oktabr kunlari Paris Expo Porte de Versailles ko‘rgazma majmuasida o‘tmoqda. CHANGAN bu yerda yangi modellarini namoyish etib, Yevropa bozoridagi rivojlanish rejalari bilan tanishtirmoqda.
CHANGAN uchun muhim voqealardan biri NEVO modellar qatorining Yevropadagi ilk taqdimoti bo‘ldi. Ko‘rgazmada NEVO Q05 elektr krossoveri namoyish etildi. Uning taqdimotida keng salon, haydovchiga yordam beruvchi tizimlar va kundalik foydalanishdagi qulaylikka alohida e’tibor qaratildi. Brend ushbu qatorni, jumladan, NEVO Q06 modeli bilan kengaytirish rejalari haqida ham ma’lumot berdi.
CHANGAN gibrid avtomobillar yo‘nalishini ham rivojlantirmoqda. Ruli chap tomonda joylashgan DEEPAL S05 PHEV allaqachon Yevropada taklif etilayotgan modellar qatoriga qo‘shilgan. S07 PHEV’ni esa 2026-yil oxirigacha Yevropaning asosiy bozorlariga olib chiqish rejalashtirilgan. Tashqi elektr manbaidan ham quvvatlanadigan ushbu gibridlar S05 va S07’ning elektr versiyalari qatorini to‘ldiradi.
Blogerlar safar dasturidagi test-drayvlarda yangi avtomobillar bilan tanishishni davom ettiradi. Haydovchi o‘rindig‘i qanchalik qulay? Avtomobil boshqaruvga qanday javob beradi? Salondagi funksiyalardan foydalanish osonmi? Shaxsiy tajriba ana shu savollarga javob topish va modellar haqida aniqroq tasavvur berishga yordam beradi.
Har bir ishtirokchi safardan olgan taassurotlarini o‘z uslubida yetkazadi. Kimdir dizaynga, kimdir texnologiyalar va qulaylikka, yana kimdir avtomobilni boshqarishdan olgan taassurotlariga e’tibor qaratadi. Kuzatuvchilarni avtomobil sharhlari, CHANGAN stendidagi qiziqarli tafsilotlar va yangi modellar haqidagi shaxsiy fikrlar kutmoqda.
Safar davom etmoqda. Reportajlar va test-drayvlardan keyingi taassurotlarni Changan Uzbekistan’ning Instagram sahifasida kuzatib boring.
Yangiliklar

12.10.2026
Changan tanlovi g‘oliblari Xitoyda bo‘lib qaytdilar

11.08.2026
Xitoyga sayohat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi

05.05.2026
Harakat ezgulikka aylanganda: Changan va Hissa.uz «Sizning yo‘lingiz ezgulikdan boshlanadi!» loyihasi natijalarini sarhisob qildi






