29.10.2026

CHANGAN O‘zbekistonda 2000 ta avtomobil topshirilganini nishonladi

2000 ta avtomobil, 2000 ta hikoya va yangi taassurotlarga boy minglab kilometr yo‘l. Biz uchun bu shunchaki raqam emas, balki mijozlarimizning ishonchi tufayli erishilgan muhim yutuq.

Yubiley munosabati bilan topshirilgan avtomobil CHANGAN CS55 Plus FL bo‘ldi. Ushbu muhim voqeani o‘zgacha nishonlash maqsadida Toshkentdagi Ichkari madaniy maskani va muzeyida oilaviy tantana tashkil etdik.

Avtomobilni odatdagidek dilerlik markazida topshirish o‘rniga, uning yangi egasini oilasi bilan birga ushbu kunni samimiy va unutilmas muhitda o‘tkazishga taklif qildik. Mehmonlarimiz eski Toshkentning o‘ziga xos muhitini his qilishdi, avtomobil egasi esa yangi mashinasining kalitini tantanali ravishda qabul qilib oldi.

Tantana uchun aynan Ichkarini tanlaganimiz bejiz emas. Bu maskanda eski Toshkentning tarixi, an’analari va mehmondo‘stlik muhiti saqlanib qolgan. Shu kuni biz bir joyda o‘tmish va bugunni, shahrimizning boy madaniy merosi va CHANGAN’ning zamonaviy texnologiyalarini birlashtirdik.

Biz uchun 2000-avtomobilni topshirish shunchaki navbatdagi marosim emas. Bu raqam ortida bizni tanlagan va bizga ishonch bildirgan insonlarning hikoyalari bor.

Har bir yangi mijozimiz bizni yanada yaxshiroq ishlashga, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga, xaridorlarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga va zamonaviy avtomobillarni mamlakatimiz bo‘ylab yanada ko‘proq insonlarga yetkazishga undaydi.

CHANGAN’ni tanlagan har bir mijozimizga minnatdorchilik bildiramiz. Sizning ishonchingiz bizga rivojlanish, yangi marralarni zabt etish va doimo oldinga intilish uchun kuch beradi.

2000 ta avtomobil — tariximizdagi muhim bosqich. Oldinda esa hali ko‘plab yangi yutuqlar bor!