12.10.2026
Changan tanlovi g‘oliblari Xitoyda bo‘lib qaytdilar
1–5-sentabr kunlari Changan UNI-E avtomobillari xaridorlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning besh nafar g‘olibi Changan brendi faoliyatining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Chunsin shahriga tashrif buyurdilar.
Tanlov natijalari 7-avgust kuni Changan’ning rasmiy sahifasida o‘tkazilgan jonli efir davomida e’lon qilindi. Unda 2026-yil 1–31-iyul kunlari Changan’ning rasmiy dilerlaridan UNI-E avtomobilini xarid qilgan mijozlar ishtirok etdi. G‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida jonli efir vaqtida aniqlandi.
Sayohatning asosiy yo‘nalishlaridan biri Changan’ning raqamli zavodiga tashrif bo‘ldi. Ishtirokchilar avtomobillar, akkumulyator modullari va batareya bloklarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ular elektromobillar, gibrid texnologiyalar va brendning yangi ishlanmalari haqida ma’lumot oldilar.
Dastur doirasida Changan avtomobilining krash-test sinovi ham namoyish etildi. Ishtirokchilar sinovni bevosita kuzatib, to‘qnashuv vaqtida avtomobil mustahkamligi va salondagi yo‘lovchilarni himoya qilish darajasi qanday baholanishini ko‘rdilar.
Changan texnologiyalari bilan tanishuv Chunsin bo‘ylab tashkil etilgan «8D, sehrli shahar» maxsus yo‘nalishida davom etdi. Ishtirokchilar avtomobilni shaharning murakkab, ko‘p darajali yo‘l infratuzilmasida sinab ko‘rib, SDA Pilot haydovchiga yordam berish tizimining ishlashini kuzatdilar.
Avtomobil dasturidan tashqari, g‘oliblar Chunsinning mashhur maskanlariga ham tashrif buyurdilar. Ular Beybin qirg‘og‘i, Liziba, Xunyadong, Tsitsikou, Shibati va Chaotyanmen bandargohini ko‘rdilar.
Ushbu sayohat ishtirokchilarga Changan’ning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiyalari va avtomobil yaratishga bo‘lgan yondashuvi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Xitoy bo‘ylab unutilmas taassurotlar olish imkonini berdi.

Yangiliklar

11.08.2026
Xitoyga sayohat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi

05.05.2026
Harakat ezgulikka aylanganda: Changan va Hissa.uz «Sizning yo‘lingiz ezgulikdan boshlanadi!» loyihasi natijalarini sarhisob qildi

10.04.2026
Changan Silk Road Show: O'zbekiston bo'ylab ulkan avtoyurish yakunlandi!