11.08.2026

Xitoyga sayohat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari e’lon qilindi

7-avgust kuni Changan’ning rasmiy sahifasida jonli efir bo‘lib o‘tdi. Unda Changan UNI-E xaridorlari orasidan besh nafar g‘olib aniqlandi.

Tanlovda 2026-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha Changan’ning rasmiy dilerlaridan UNI-E avtomobilini xarid qilgan mijozlar ishtirok etdi.

Besh nafar g‘olib jonli efir davomida tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlandi. Barcha ishtirokchilar oldindan yagona ro‘yxatga kiritildi, g‘oliblarni aniqlash jarayoni esa real vaqt rejimida, jonli efir davomida o‘tkazildi.

Har bir g‘olib Xitoyga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni tabriklaymiz va Changan UNI-E xarid qilgan barcha mijozlarimizga ishtiroki hamda brendimizga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

G‘oliblarga yorqin taassurotlar va Xitoyga unutilmas sayohat tilaymiz.