04.10.2024

Press-tur 2024: Texnologik gigant Changan Auto bilan tanishuv

Xitoy avtomobil sanoatining xalqaro bozorlarda kengayishi bilan yangi istiqbollar ochilmoqda. 2023-yilda VAST OCEAN PLAN dasturi ishga tushirilganidan so‘ng, Changan Auto kompaniyasi xalqaro faoliyatini sezilarli darajada tezlashtirdi. 2024-yil 27 va 28-sentyabr kunlari Changan Auto o‘zining Chongching, Xitoydagi bosh qarorgohida Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlaridan kelgan OAV delegatsiyasini qabul qildi. Mehmonlar avtomobillarning imkoniyatlarini yuqori tezlikda test-drayvda sinab ko‘rishdi va brendning innovatsion yutuqlari bilan yaqindan tanishishdi.



Changan Digital Intelligence Factory, ushbu tur doirasidagi birinchi bekat bo‘lib, dunyodagi birinchi AI asosida ishlaydigan 5G texnologiyasiga ega global zavod sifatida o‘z afzalliklarini namoyon etdi. Zavodga kiritilgan umumiy investitsiya hajmi 10 milliard yuan bo‘lib, u 1159 akr maydonga ega va qurilish maydoni 410 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 280 000 avtomobilni tashkil etadi. Zavod aqlli, past uglerodli va yuqori samaradorlikka asoslangan ishlab chiqarishga intiladi va Huawei bilan hamkorlikda yaratilgan raqamli platforma va bulutli ilovalar bilan birlashgan holda avtomobilsozlik sanoatida yetakchilardan biri. Changan raqamli intellekt zavodi mijozlarning shaxsiylashtirish va yuqori xavfsizlik talablarini qondirishka intiladi. Ushbu tashrif davomida deyarli 800 ta robot va 500 dan ortiq elektr avtomobil (AGV) mehmonlarga katta taassurot qoldirdi va jarayonlarning 100% avtomatlashtirilganlik darajasi hayratga soldi.

Ikkinchi bekat OAV vakillari uchun Changan kompaniyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatining yuragi hisoblangan Global R&D Centrda bo‘ldi. Markazda transport vositalari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sohadagi yetakchi intellektual texnologiyalar laboratoriyasi, krash-testlar laboratoriyasi, NVH laboratoriyasi, transport vositalarini turli muhitlarda sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi, yangi kuchli agregatlar laboratoriyasi va boshqa ko‘plab ilmiy-tadqiqot obyektlari mavjud.



2023-yilda Changan Auto kompaniyasi 5739 ta yangi patentga ariza topshirib, Xitoy avtomobil sanoatida intellektual texnologiyalar sohasida rekord o‘rnatdi. Shuningdek, kompaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining standartlashtirish bo‘yicha tashkilotiga qo‘shilishda yetakchi rol o‘ynadi va Xitoyda birinchi Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi standarti (ITU-T) ishlab chiqilishiga boshchilik qilib, Xitoy korxonasi tomonidan yaratilgan xalqaro standartlarning «0» dan «1» gacha rivojlanishiga erishdi. Changan Automobile kompaniyasining keng qamrovli ilmiy-tadqiqot salohiyati 2023-yilda ketma-ket 7-marta 14 yil ichida sanoatdagi Xitoy Milliy Korporativ Texnologiyalar Markazi tomonidan eng yaxshi deb topildi.

So‘ngra OAV vakillari Changan Auto’ning global sinov markaziga tashrif buyurishdi. Avtomobil sinov poligoniga kiritilgan umumiy investitsiya hajmi 3 milliard yuan bo‘lib, loyiha maydoni 3500 akrni tashkil qiladi. Bu g‘arbiy Xitoydagi xalqaro avtomobil ilmiy-tadqiqot kompaniyalari, shuningdek, sertifikatlash va sinov muassasalari uchun ochiq bo‘lgan yagona avtomobil sinov markazidir. Poligonda turli xil sinov yo‘llari mavjud, jumladan, yuqori tezlikda aylanma yo‘llar, tormoz sinov yo‘llari, nam va quruq qoplamali manevrlik sinov yo‘llari, shuningdek, avtomobil tashqarisidagi shovqin darajasini tekshirish uchun yo‘llar. Markazda umumiy hisobda 70 dan ortiq turdagi yo‘l qoplamalari mavjud bo‘lib, ular haqiqiy yo‘l sharoitlariga to‘liq mos keladi.


Sinov poligonida o‘tkazilgan test-drayv davomida OAV delegatsiyasi Changan Auto’ga tegishli turli brendlarning yangi avtomobillari bilan tanishdi. O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlarida taqdim etiladigan UNI-V krossoveridan tashqari, mehmonlar Deepal S07, AVATR 12 va Xitoyda taqdim etiladigan Changan NEVO E07 modellari kabi avtomobillarni mamnuniyat bilan sinab ko‘rdilar. "Men ushbu test-drayvga kelganim va ko‘plab modellari bilan tanishganimdan juda xursandman. AVATR 12 kabi yangi avtomobillarning dizayni, texnologiyalari va hashamati meni taassirlantirdi", — dedi "Kursiv" jurnalining biznes muharriri Mashaev Askar.

Changan Auto'ning jahon miqyosidagi obro‘sining oshishi bejiz emas, kompaniya 2003-yildan boshlab global tadqiqot va ishlab chiqish ishlarini olib bormoqda va hozirgi vaqtda “o‘n mintaqadan oltita mamlakat"ni o‘z ichiga olgan umumiy sxemani yaratdi. Global miqyosda Changan Auto o‘ziga 2030-yilga qadar "to‘rt bir" rivojlanish maqsadini qo‘ygan: 1) xalqaro bozorlardagi investitsiyalar 10 milliard AQSh dollaridan oshadi; 2) xalqaro bozorlardagi yillik savdolar 1,2 million avtomobilga yetadi; 3) xalqaro bozorlarda ishlovchi xodimlar soni 10 000 kishidan oshadi; 4) jahon darajasidagi avtomobil brendini yaratish.

So‘nggi yillarda Changan Auto xalqaro bozorlardagi majburiyatlarini faol ravishda bajarib, Xitoyning xalqaro avtomobil bozorlaridaeng  yetakchi avtomobil kompaniyasiga aylanishga intilmoqda. MDH hududida 2023-yilda Changan Auto Xitoy brendlaridan eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi. Ozarbayjonda esa Changan Auto Xitoy avtomobil brendlari orasida birinchi o‘rinni egallamoqda. Hozirda Changan Auto Qozog‘istonda yiliga 100 000 avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega KD zavodini qurish uchun investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Changan Auto’ning MDH mintaqasidagi bo‘linma boshlig‘i Sun Tseyzyun, Changan Auto MDH bozoridagi rivojlanish strategiyasini izchil amalga oshirishda davom etayotganini va brendni foydalanuvchilar uchun eng ishonchli Xitoy avtomobil brendiga aylantirishga intilayotganini ta’kidladi.