10.04.2026
Changan Silk Road Show: O'zbekiston bo'ylab ulkan avtoyurish yakunlandi!
Biz sizga yanada yaqinroq bo‘lish uchun deyarli 2000 kilometr yo‘l bosib o‘tdik. Changan Silk Road Show rasman marraga yetdi va o'zidan yorqin taassurotlar, minglab tabassumlar hamda drayvga boy xotiralarni qoldirdi.
6 ta shahar — 1 ta katta tarix
Bizning karvonimiz mamlakatimizning eng muhim nuqtalari bo'ylab o'tdi: Namangan, Andijon, Farg'ona, Samarqand, Buxoro va nihoyat Toshkent shahrida o'z yakuniga yetdi. Har bir shaharda bizni juda iliq kutib olishdi, Changan innovatsiyalariga bo'lgan qiziqish esa kutilganidan ham a'lo bo'ldi.
Yulduzli jamoa va flagman avtopark
Bu sayohatda biz yolg'iz emas edik. Ipak yo'li ruhini va Changan texnologiyalarini yurtimizning taniqli blogerlari biz bilan birga baham ko'rishdi:
- Kamila Gimandinova
- Choynakning qopqog'i
- Farrux Sharipov
- Sevara Xalilova
Yo'llardagi asosiy qahramonlar esa har qanday sinovda o'zini yuqori darajada ko'rsata olgan avtomobillarimiz bo'ldi: shiddatli Uni-V, premial Uni-K, futuristik Uni-T va ishonchli CS55 Plus.
Tadbir qanday o'tdi?
Har bir shaharda biz oddiy kunni haqiqiy bayramga aylantirdik:
- Test-drayvlar: Yuzlab mehmonlar Changan modellarining quvvati va qulayligini shaxsan sinab ko'rishdi.
- Sovg'alar va interaktivlar: Biz ko'plab firma sovg'alarini topshirdik va sevimli blogerlar bilan uchrashuvlar tashkil etdik.
- Jonli muloqot: Biz uchun eng muhimi — amaldagi va bo'lajak mijozlarimiz bilan yuzma-yuz suhbatlashish bo'ldi.
Silk Road Show muhitini hoziroq his eting!
Quyida sayohatimiz haqidagi katta filmning tizerini tomosha qilishingiz mumkin. To'liq versiya tez orada YouTube kanalimizda e'lon qilinadi.
Ko'proq ma'lumot olmoqchimisiz? Bizning Instagram-sahifamizga: https://www.instagram.com/changanofficial.uz/ o'ting — u yerda har bir shahardan tayyorlangan qisqa hisobotlar va qiziqarli lahzalar jamlangan.
Changan — vaqt sinovidan o‘tgan ishonchlilik.







