21.11.2024
Changan brendi "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida yangi modellarni rasman taqdim etdi
2024-yil 23-25-oktabr kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida "Automechanika Tashkent 2024" bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Changan avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – Changan Auto Distribution kompaniyasi ishtirok etdi. Tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilarga UNI-K, UNI-T, CS55PLUS krossover modellari va UNI-V sedani taqdim etildi.
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda UNI-V, UNI-K va CS55PLUS modellarining rasmiy taqdimoti va sotuvining boshlanishi rejalashtirilgan.
UNI-V sport uslubi va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtiradi. 1,5-litrli Blue Core dvigateli 181 ot kuchiga ega bo‘lib, avtomobilni 7,1 soniyada 100 km/soatgacha tezlikka oshiradi. Zamonaviy liftbek kuzov va yashirin ushlagichlar jo‘shqin xususiyatni ta’kidlaydi. Salon ventilyatsiya va manzarali tom qismiga ega bo‘lib, eko-charmdan ishlangan perforatsiyalangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Intellektual tizimlar safarlarda qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi.
Yo`ltanlamas UNI-K – bu 226 ot kuchiga ega 2-litrli turbo dvigateli bo’lib 8,8 soniyada 0-100 km/soatiga tezlanadi va 8-pog‘onali AISIN uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Dizayni ramkasiz panjara va LED optikasi bilan ajralib turadi. Premium salon Nappa charmidan ishlangan, panоramli tom interyerni yorug‘lik bilan to‘ldiradi.
CS55PLUS – qulay, tejamkor, ixcham va yo‘ltanlamas. Blue Core dvigateli 181 ot kuchiga ega, 100 km uchun yonilg‘i sarfi 5,9 litrdan boshlanadi va 7,9 soniyada 100 km/soatgacha tezlanadi. LED elementlari va kuchaytirilgan amortizatorlar dizaynni bilan ajralib turadi. Salonda PM 0.1 mikrozarralar filtriga ega iqlim-nazorat tizimi va Pioneer akustik tizimi o‘rnatilgan. 12,3-dyuymli displey va 360 gradusli ko‘rish tizimi qulaylikni ta’minlaydi.
Changan zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va yuqori darajadagi qulaylikni o‘zida mujassam etgan avtomobillarni O‘zbekiston bozoriga olib chiqmoqda. Yaqin vaqt ichida UNI-V, UNI-K va CS55PLUS modellari rasman dilerlik tarmog‘larida sotuvga chiqariladi.
Kutilayotgan narxlar: UNI K 409 900 000 so‘mdan, UNI V - 314 900 000 so‘m, CS55 Plus 299 900 000 so‘mdan.
Changan Auto Distribution tomonidan taqdim etilgan avtomobillarining texnik xususiyatlari va mavjud komplektatsiyalari bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.
O‘zbekistondagi Changan rasmiy sahifalari:
Website: changan.uz
Instagram: changanofficial.uz
Facebook: Changan-Uzbekistan
YouTube: changanautouz