10.07.2025
Changan: 2025-yilning birinchi yarmidagi savdo natijalari
2025-yilning yanvar-iyun oylarida CHANGAN 1 355 000 dona avtomobil sotdi. Bu natija 2024-yilning mos davriga nisbatan 6,8% ishonchli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, NEV - elektromobillar va ulanadigan gibridlar segmentida o‘sish yaqqol namoyon bo‘ldi: 2025-yilning dastlabki olti oyida CHANGAN ushbu segmentda 450 000 ta avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 49% ko‘pdir.
Eksport ham brend strategiyasining muhim qismiga aylandi: 300 mingga yaqin avtomobil xorijga jo‘natildi, bu 2024-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlardan 49% ko‘pdir. Taqqoslash uchun, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida CHANGAN taxminan 1,35 million dona avtomobil sotgan va o‘sish 2023-yilning shu davriga nisbatan taxminan 6-7% tashkil etgan.
Bunday barqaror o‘sish brendning jahon bozoridagi mavqei yildan-yilga mustahkamlanib, millionlab odamlarning ishonchi va mehrini qozonayotganining bevosita isbotidir. Endi kompaniya 2025-yilda sotuv hajmini 3 millionga yetkazishni maqsad qilgan, shundan 1 milliongacha avtomobilni eksport qilish rejalashtirilmoqda.