08.08.2024
Cheksiz rivojlanish, abadiy muvaffaqiyat: CHANGAN Automobilining 2023-yildagi sotuvlari 2,55 milliondan oshdi
2024-yilning 2-yanvar kuni Changan Automobile 2023-yil davomidagi yulduz kabi porloq koʻrsatkichlarini e’lon qildi. Kompaniya 2,55 milliondan ortiq avtomobil yillik sotuvlar boʻyicha ajoyib koʻrsatkichlarga erishdi.
Barqaror va chuqur transformatsiyalanish sharoitida CHANGAN strategik pozitsiyalanishan tortib brend imidji va mahsulotlar portfeligacha boʻlgan keng qamrovli rekonstruktsiyani amalga oshirdi. Sotuvlarning sezilarli oʻsishini boshdan kechirgan CHANGAN barqaror oʻsish va keng qamrovli rivojlanishni namoyish etib, Xitoy avtomobil kompaniyalari orasida barqaror transformatsiyaning mayogʻiga aylandi. 2023-yilgi transformatsion muvaffaqiyatlarga tayanib, CHANGAN endi yuqori sifatli oʻsishning yangi davriga kirish uchun ushbu impulsdan foydalanishga va transformatsion sayohatga tayyordir.
Birdan beshgacha boʻlgan oʻtgan yilning oʻtmish hisoboti
Oʻtgan 365 kun tahlil qilinsa, CHANGAN oʻzgartirishlar yili boʻlgan 2023-yilni shiddat bilan bosib oʻtdi. Texnologik innovatsiyalarga tayangan va global rivojlanishga yoʻnaltirilgan CHANGAN ajoyib yutuqlarga erishdi: bitta yangi brendni sotib oldi, ikkita yangi zavodni ochdi, uchta muhim shartnomani imzoladi, toʻrtta mahsulotning yirik ishga tushirilishini amalga oshirdi va beshta yangi modelni taqdim etdi.
Bitta yangi brendni sotib olinishi Intellektual transport vositalari davriga oʻtish yoʻlida muhim qadam sifatida CHANGAN 2023-yilning avgust oyida CHANGAN NEVO’ni ishga tushirdi. Bu Changan’ning CHANGAN NEVO, DEEPALva AVAT’ni oʻz ichiga olgan uchta asosiy intellektual elektromobil brendlarini yaratib yangi intellektual avtomobillar davriga kirganini anglatadi. Ushbu brendlar turli bozor segmentlariga xizmat qiladi, bu esa ohir-oqibat yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillar sotuvlarining oʻsishiga oʻz hissasini qo’shadi.
Ikki yangi zavodning qurilishi.
2023-yilning 8-noyabr sanasida Changan Automobile kompaniyasi oʻzining Tailanddagi ishlab chiqarish bazasining poydevorini qoʻyish marosimini oʻtkazib, muhim bosqichni nishonladi. Ushbu voqea Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chuqurroq kirib borishni va kompaniyaning xalqaro strategiyasinining amalga oshirilishi tezlashuvini anglatadi. 24-noyabr kuni Sichuan provinsiyasining Ibin shahrida joylashgan CATL-Changan EV Battery Co., Ltd kompaniyasi Changan’ning birinchi standart akkumulyator elementini ishlab chiqarilishining ishga tushirilishi guvohiga aylanib, Changan’ning akkumulyatorlar sohasidagi strategiyasining asosiy omili sifatidagi oʻz rolini mustahkamladi.
Uch muhim shartnomanining imzolanishi. CHANGAN Automobile NIO, Huawei va Ganfeng Lithium kabi sanoatdagi uchta yetakchi boʻlgan korxonalar bilan muhim kelishuvlarni imzoladi. Ushbu kelishuvlar yangi energetika rivojlanishining turli elementlarini, jumladan, akkumulyatorlarni almashtirish stansiyalari, intellektual haydash va akkumulyator sanoati zanjirini qamrab oladi. Rivojlangan avtomobilsozlik sanoati orzusiga intilayotgan Xitoy faol ravishda avtomobil sektorining jamoaviy ishtirokiga asoslangan elektrlashtirilgan va intellektual ochiq platformasini yaratmoqda. Changan nafaqat oʻz qarashlarini namoyish etishni, balki mahoratini ham namoyish etish imkoniyatini qoʻldan boy bermayapdi. Changan oʻz hamkorlik tarmogʻini kengaytirar ekan, intellektual yangi energetika sohaviy zanjirini tizimli ravishda takomillashtirib, oʻzaro manfaatli landshaftni rivojlantirishga va intellektual elektromobillar davrida Xitoyning avtomobil hamkorlik ekotizimidagi yangi bobni ochishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Intelligentsiya jabhasida Changan Dubxe rejasini ilgari surishda davom etmoqda
E07’ning intellektual yangi avtomobillar jabhasidagi debyuti va markaziy + mintaqaviy tarmoq arxitekturasini avtomobillarning kompleks integratsiyasiga targʻib qilinishi Changan’ning “Yangi ekotizimli yangi avtomobil”ni yaratishga boʻlgan intilishini aks ettiradi. Changan intellektual avtomobil robotlar integratsiyalashuvini faol ravishda oʻrganmoqda, ikkita avtomobil uchun Deepal qurilmasiga begʻubor NID3.0 + APA7.0 texnologiyasini kiritilishi esa sezilarli yuksalishni anglatadi. “IVISTA Intelligent Connected Vehicle Challenge 2023” tanlovida APA7.0’ning tan olinishi va Avatr 11’ning “IVISTA China Intellektual” transport vositalari indeksidagi besh yulduzli intellektual reytingi Changan’ning intellektualizatsiya sohasidagi ajoyib yutuqlarini ta’kidlaydi.
Global miqyosda “Cheksiz ummon” Rejasini amalga oshirilishini boshlash. 2023-yilda “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusi boshlanishining, Xitoy avtomobil eksportining dunyoda birinchi oʻringa koʻtarilishi va Changan’ning jahon darajasidagi avtomobil brendi boʻlishga intilayatgan Changan toʻliq global ekspansiyasining boshlanishi oʻn yilligi nishonlanadi. Aprel oyidagi “Vast Ocean Plan” rejasining taqdimoti, oktyabr oyida Changan Hunter’ning Meksikadagi sotuvlar oldidan amalga kiritilishi va brendning Janubi-Sharqiy Osiyoda noyabr oyidagi amalga kiritilishi oʻta muhim hodisalardir. Tailand strategik platsdarm boʻlgani uchun, Changan Janubi-Sharqiy Osiyoda va oʻng tomon rulli avtomobillar dunyo bozoridagi oʻz ta’sirini kengaytirib, global rivojlanishda yangi davrga yoʻl ochmoqda. 73 ta shoʻba korxonada, 22 ta zavodda ishlayotgan va butun dunyo boʻylab 1100 dan ortiq yetkazib beruvchilar va 9300 ta dilerlar bilan hamkorlikni rivojlantirayotgan Changan global avtomobil ekspansiyasining oldingi saflarida turibdi.
Bundan tashqari, CATL-Changan’ning yaratilishi Shangri-La missiyasining choʻqqisidir; Huawei bilan hamkorlik Dubxe rejasining sezilarli natijasidir; Tailanddagi ishga tushirilish tadbiri esa “Cheksiz ummon” rejasining burilish nuqtasini anglatadi. Uchta asosiy strategiyaning uzviylikdagi rivojlanishi natijasida, Changan Automobile kompaniyasi oʻzining kelajak uchun qoʻyilgan poydevorini mustahkashga erishdi.
2023-yilda faoliyatni jadallashtirib, 2024-yilda rivojlanib
2023-yilda Changan Automobile strategik repozitsiyalanishdan tortib, to brendni yoshartirish va mahsulotlarga innovatsiyalar kiritishga oʻtishga qadar transformatsion yoʻlni bosib oʻtdi. Ushbu muvaffaqiyatga asoslanib, 2024-yil Changan’ning asosiy texnologiyalarni “uch elektrli” tizimda joriy etishni tezlashtirish, asosiy intellektual texnologiyalarni ilgari surish va E07 va G318 kabi innovatsion mahsulotlarni taqdim etishga intilayotgan yangi bosqichni belgilaydi. 2030-yilga nazar tashlab, Changan global sotuvlarni 5 million avtomobilga yetkazish, dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻntaligiga kirishni ta’minlash va yillik xorijiy sotuvlarni 1,2 million dona birlikdan oshirish kabi ulkan maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi.
Yangi energetikadagi yutuqlar, e’tiborni intellektga qaratish va globallashuv toʻlqinini egallash. Texnologik intellektual mobil kompaniyaga aylanish yoʻlidagi doimiy intilish natijasida Changan Automobile Xitoy avtomobil kompaniyalari uchun noyob yoʻlni yaratdi. Yanvar oyi oʻrtalarida Changan Automobile 2024-yilgi Global hamkorlik konferensiyasini oʻtkazib, unda yangi inqilobiy energetik mahsulotlar taqdim etiladi va umumiy va farovon kelajak uchun qoʻshma sa’y-harakatlarga start beriladi. Kelgusida kutilayotgan hayajonli voqealarni kuzatib boring.