15.08.2024
2024-yilgi Changan Global hamkorlik konferensiyasi: kelajakka qadam
Ajdar yili yaqinlashib kelar ekan, Changan Automobile kompaniyasi kelgusi yil uchun ulkan strategik reja ishlab chiqishga kirishdi. 16-yanvar kuni Chuntsin shahrida “Harakatlarni birlashtirib, yangi paradigma sari intilish” shiori ostida Changan 2024 Global hamkorlik konferensiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Ushbu konferensiyada Changan Automobile kompaniyasi oʻzining oʻtmishdagi muvaffaqiyatli faoliyatini har tomonlama namoyish etdi. Konferensiya kelajakdagi avtomobilsozlik sanoatidagi tendentsiyalarni tahlil qilish, korporativ rivojlanishning soʻnggi strategiyasi taqdimoti hamda yetkazib beruvchilar, dilerlar, investorlar, mijozlar va OAV kabi global hamkorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun platforma sifatida xizmat qildi. Birgalikda ular yangi davrga qadam qoʻyishni ramzi boʻlgan kelajakdagi yoʻnalishni muhokama qildilar. Changan’ning 40 yillik yubileyida rais Chju Huajun hamkorlarni Changan’ning yuqorilash impulsidan foydalanishga va tezlashtirilgan global kengayishdan foyda olishga chorlab, Changan Automobile’ning transformatsiyalanish yoʻlidagi muhim boʻlgan yildagi yuquqlarga erishishda birdamlikning ahamiyatini ta’kidladi.
Changan Automobile 2024-yilga kelib butun guruh miqyosida 2,8 million avtomobil sotish maqsadiy koʻrsatkichiga erishishga intilishi natijasida oʻz korporativ rivojlanish boʻyicha maqsadlarini mustahkamlay oldi. Shu bilan birga, ichki bozordagi sotuvlar hajmi 2,204 million dona avtomobil, yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillar sotuvlari 750 000 dona, chet elda esa 480 000 donani tashkil etishi kutilmoqda. 2025-yilda guruh 3,5 dan 4 milliongacha avtomobil sotishni rejalashtirmoqda. Bunda, 2,8 dan 3 milliongacha sotuvlar ichki bozorda, yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillar avtomobillar sotuvlar 1,2 million donani, chet elda esa 700 000 donani tashkil etishi kutilmoqda. 2030-yilga kelib, kompaniya global sotuvlar hajmini 5 million avtomobilga yetkazishni rejalashtirgan. Ushbu ulkan maqsad ichki bozorda 4 million avtomobilni, 3 dan 3,5 milliongacha va chet elda 1,2 million dona yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillarning sotuvlarini oʻz ichiga oladi, bu esa Changan Automobile’ni jahon darajasidagi avtomobil korxonasi sifatida gavdalantiradi.
2023-yildan 2024-yilgacha davr, Changan va uning global hamkorlari uchun yangi birgalikdagi muvaffaqiyat davrdir
Tadbirda bir nechta ilhomlantiruvchi va energiyaga toʻla ma’ruzalar oʻqib eshittirildi. 2023-yil Changan uchun samarali yil boʻlib, turli operatsion koʻrsatkichlar boʻyicha ikki xonali oʻsish sur’atlariga erishildi. E’tiborga loyiq jihati shundaki, oʻz brendlarining sotuvlari 2,098 million avtomobilga yetdi va yillik oʻsish 11,9 foizni tashkil etdi. Yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillar sektorida sezilarli oʻsish kuzatildi: sotuvlar hajmi 481 000 birlikka yetdi, bu esa sezilarli 69,2 foizlik yillik oʻsishni namoyish qilmoqda. Chet eldagi sotuvlar ham yangi maksimumni qayd etib 358 000 birlikni tashkil etdi. Daromad 242,45 milliard yuanga yetib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12,8 foizga oʻsdi. Pul oqimi oʻsishda davom etdi va 2023-yilda yillik oʻsish 369,6 foiz hajmni tashkil qildi. Kompaniyaning qiymati doimiy ravishda oshib bordi: soʻnggi uch yil ichida toʻplangan moliyalashtirishlar hajmi 16,6 milliard yuanni tashkil etdi, bozor qiymati 54 foizga oshdi va bunday bozor qiymati va foyda ikki omilning natijasida kelib chiqdi. Ushbu oʻsish butun sanoat zanjirining sinxron rivojlanishini yanada ragʻbatlantirib, bir milliondan ortiq odamni ish bilan ta’minladi va 17,6 milliard yuan miqdoridagi soliqlar toʻlanishiga ham sabab boʻldi. Changan’ning bozorga boʻlgan ta’siri, shubhasiz, eng yuqori darajadadir!
“Uch asosiy reja” Changan’ning 2023-yildagi har bir transformatsiya qadamining ajralmas qismi boʻldi, chunki Changan toboro intellektual va past uglerodli mobillikni quvvatlovchi texnologiyaviy kompaniyaga aylanmoqda. Ushbu rejalar orasida “Mission of Shangri-La NEV” strategiyasi yangi choʻqqilarga erishdi: Avatr oʻrtacha narxi 350 000 dan 370 000 yuangacha boʻlgan Avatr 11 va Avatr 12’ni muvaffaqiyatli ishga tushirib, ayniqsa, foydalanuvchilarning 50 foizdan ortigʻi 90-yillardan keyingi avlodga tegishli ekanligini hisobga olsak, katta e’tiborni oʻziga tortib asta-sekin oʻzini premium toifasidagi intellektual haydash brendi sifatida tanita oldi. Deepal ham brendning oʻrnini belgilovchi, ham texnologik jihatdan yoshlar uchun boʻlgan imijini yaratib “REEV” leybliga da’vo qilmoqda. Changan Nevo brendining paydo boʻlishi sanoatning “raqamli intellektual transport vositalari” davriga kirishini anglatib, Changan’ning kelajakdagi rivojlanishi uchun asos yaratadi. Changan CATL, Ganfeng Lithium va NIO kabi sanoat yetakchilari bilan hamkorlik qilib, yangi energiya manbalarini rivojlantirishning turli jihatlarini, jumladan, quvvat akkumulyatorlarini tadqiqotlari va loyilalashtirilishi, akkumulyatorlar ishlab chiqarilishi zanjiri va almashtirish stansiyalarini qamrab oladi.
“Plan Intellektual” strategiya Dubxe yangi yutuqlarga erishilishni ta’minlaydi: Changan “Intellekt boʻlmasa, Changan ham mavjud boʻlmaydi; Texnologiyalar boʻlmasa, Changan ham mavjud boʻlmaydi” shioriga amal qilib sun’iy intellekt davriga yoʻl ochmoqda. 30 dan ortiq inqilobiy texnologiyalar, jumladan, innovatsion APA 7.0 tufayli Changan intellektual yutuqlarni oʻz nazoratiga olmoqda. Horizon Robotics bilan Chongqing Changxian Intelligent Technology Co., Ltd. kompaniyasini yaratish boʻyicha hamkorlik natijasida, Changan kompaniyasi dunyodagi yetakchi boʻlgan, toʻliq funksional boshqariladigan yadroni qoʻlga kiritishga intilmoqda. Huawei kompaniyasi bilan erishilgan mustahkam ittifoq tufayli, Changan intellektual haydash tizimlari va avtomobillar uchun komponentlar sanoatida jahon darajasidagi yetakchiga aylanishga intilmoqda. Bundan tashqari, 30 dan ortiq global korxonalar bilan strategik hamkorlik qimmatbaho texnologiyalarni tadqiq qilishga qaratilgan boʻlib, bu Changan’ni Xitoyning avtomobil intellektual landshaftida boshqalarga nisbatan peshqadamga aylantiradi. Oʻzining “ittifoqdoshlar tarmogʻi”ni doimiy ravishda kengaytirar ekan, Changan intellektual elektromobillar uchun hamkorlik ekotizimini yaratishga oʻz hissasini qoʻshib, Xitoyning avtomobil hamkorligida yangi davrni ochib beradi.
“Cheksiz ummon” yangi yoʻnalishni yaratmoqda: 2023-yilda Changan “Hech qanday chet el bazalari boʻlmasa, hech qanday global qamrov boʻlmasligi; Global qamrov boʻlmasa, Changan ham mavjud boʻlmasligi» haqidagi majburiyatini tasdiqladi. “Cheksiz ummon”ning yaratilishi rasman e’lon qilingach, Changan kompaniyasi “Toʻrt birlik” strategiyasi doirasida chet elda rivojlanishning aniq maqsadlarini belgilaydi va alohida e’tiborni “1+5+2” global joylashuvni amalga oshirishga qaratadi. Hozirgi vaqtda Changan kompaniyasining mahsulotlari Rossiya, Saudiya Arabistoni, Chili, Meksika kabi va boshqa mamlakatlar bozorlaridagi yetakchilikni ta’minlab, butun dunyo boʻylab 63 mamlakat va mintaqalarga yetkazib berilib, bu Xitoyning avtomobil brendlari orasida Changan’ni jahon arenasidagi oʻz mavqeyiga ega boʻlgan oʻyinchiga aylantiradi.
Shu bilan birga, Changan lokalizatsiyalash operatsiyalarini ilgari surib, oʻzining global operatsion tizimini yaratish va optimallashtirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Kompaniya oʻzining ilk chet el ob’ekti – “Tailand yangi energetika bazasi”ni ishga tushirdi va bir vaqtning oʻzida mahalliy operatsion jamoasini hamda uchta mahalliy kompaniya: Changan Auto Southeast Asia Co., Ltd, Changan Auto Sales (Thailand) Co., LTD va Changan Auto Components (Thailand) Co., Ltd’ni yaratdi. Bu Changan’ning Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi rivojlanishining jadallashuvini anglatadi, strategik rejalaridan haqiqiy harakatlarga oʻtish oʻta muhim bosqichdir. Bundan tashqari, hozirda Yevropa, Amerika va boshqa mintaqalarda ishlab chiqarish bazalarini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, bu global ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimlashni optimallashtirish imkonini beradi.